Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kamavinganing «Real»dagi kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror: Futbolchi va klub transfer bo‘yicha bir to‘xtamga kelishdi

Kamavinganing «Real»dagi kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror: Futbolchi va klub transfer bo‘yicha bir to‘xtamga kelishdi

Baho:
+ | -

So‘nggi haftalarda matbuotda yarim himoyachi Eduardo Kamavinganing yozgi transfer oynasida «Real»ni tark etishi mumkinligi haqida juda ko‘p yozildi. Endilikda fransiyalik futbolchining kelajagiga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

The Touchline nashri insayder Xorxe Pikonga tayangan holda xabar berishicha, «Real» Madrid klubining kelayotgan yozda Kamavingani sotish borasida hech qanday rejasi yo‘q. Bundan tashqari, 23 yoshli fransiyalik futbolchining o‘zi ham klubini o‘zgartirish niyatida emas.

Eduardo Kamavinga shu kungacha «Real» tarkibida 223 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu bahslarda fransiyalik yarim himoyachi o‘z hisobiga 6 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Kamavinganing «Madrid» bilan amaldagi shartnomasi 2028/2029 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 19:18, 18.05.2026.
O'qildi: 1150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик