Kirish Ro'yxatdan o'tish

Antonio Konte «Napoli»dan ketmoqchi: De Laurentis uning o‘rniga uch nafar nomzodni tanladi

Antonio Konte «Napoli»dan ketmoqchi: De Laurentis uning o‘rniga uch nafar nomzodni tanladi

Baho:
+ | -

Antonio Konte ikki mavsumlik hamkorlikdan so‘ng «Napoli» klubini tark etadi. Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumlarning birinchisida u jamoa bilan Italiya chempionatida zafar quchgan edi.

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis Kontening o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan uch nafar nomzodni allaqachon tanlab ulgurdi.

Birinchi navbatda, bu Maurisio Sarri — uning nomzodi ushbu lavozimga ko‘rilayotgani haqida avvalroq ham xabar bergan edik. Keyingi nomzod — Vinchenso Italyano bo‘lib, italiyalik sharhlovchilarning fikriga ko‘ra, u allaqachon top-klubda ishlashga loyiq darajaga yetgan. Va nihoyat, joriy mavsumda Fabio Grossoning murabbiylik obro‘si sezilarli darajada oshdi — u ham «Napoli»ning bo‘lajak ustozi sifatida jiddiy ko‘rib chiqilmoqda, deya xabar tarqatmoqda calcionapoli1926.it portali.

Kiritildi: 19:22, 18.05.2026.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик