«PSJ» Liga 1 mavsumini derbida «Parij» klubidan qabul qilib olingan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunladi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi davom etayotgan bir paytdayoq bosh murabbiy Luis Enrike hujumchi Usmon Dembeleni zaxiraga oldi. Bu holat Parij klubi muxlislarini xavotirga sola boshladi, chunki yaqin kunlarda jamoani YECHL finali kutib turibdi.
Dushanba kuni «PSJ» rasmiy saytida Dembelening sog‘lig‘iga oid bayonot e’lon qilindi. Liga 1 grandining ma’lum qilishicha, futbolchi o‘ng oyoq boldir mushagida noqulaylik his qilgani sababli, ehtiyot chorasi sifatida almashtirilgan.
Yaqin kunlar ichida Dembele shifokorlar nazoratida bo‘ladi va davolanish muolajalarini o‘taydi. Parijliklarning bergan bayonotiga tayanadigan bo‘lsak, Dembelening 30 may kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi finalidagi ishtirokiga hech narsa tahdid solayotgani yo‘q.













