«Bavariya» rahbariyati Konrad Laymerning kelajagi atrofidagi keskinlikni yumshatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda BFW portali xabar bermoqda.
Avvalroq avstriyalik himoyachining moliyaviy talablarini ommaviy ravishda tanqid qilgan klub kuzatuv kengashi a’zosi Uli Xyoness, Myunxendagi chempionlik bayrami vaqtida futbolchi bilan uchrashgan. Qayd etilishicha, ularning qisqa suhbati do‘stona ruhda o‘tgan.
Klub Laymerni bir nechta pozisiyalarni yopa oladigan muhim universal o‘yinchi deb hisoblaydi va yaqin oylarda uning yangi shartnomasi muhokama qilinishini istisno etmaydi.
Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Laymer 14 ta sariq kartochka oldi.













