Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Bavariya» darvozabon Nyubelni sotadi yoki ijaraga beradi

«Bavariya» darvozabon Nyubelni sotadi yoki ijaraga beradi

Baho:
+ | -

«Bavariya» Aleksandr Nyubelning jamoadagi kelajagiga ishonmayapti, deb xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.

29 yoshli golkiper 30 iyun kuni «Shtutgart»dagi ijarasidan qaytishi kerak. Mavsum muvaffaqiyatli o‘tgani va «shvablar»ning Chempionlar ligasiga yo‘l olishida muhim rol o‘ynaganiga qaramay, «Bavariya» o‘yinchini sotib yuborish yoki keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga berish niyatida.

Avvalroq myunxenliklar asosiy darvozabon Manuel Noyer bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirgani ma’lum bo‘lgan edi.

Nyubelning amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Uning maoshi soliqlar chegirilgunga qadar mavsumiga 11-12 million yevroni tashkil etadi.

Ushbu mavsumda Aleksandr Bundesligada 34 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 11 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 08:35, 19.05.2026.
O'qildi: 186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик