APLning 37-turidan o‘rin olgan «Bernli»ga qarshi bahsda (1:0) darvozabon David Rayya o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bu ispaniyalik posbon uchun joriy mavsumdagi 19-«quruq» o‘yin bo‘ldi.
Shu tariqa, Rayya afsonaviy Devid Simenning natijasini takrorladi. Shu paytgacha «Arsenal» tarkibida Premyer-liganing bir mavsumida faqat Simen 19 ta o‘yinda gol o‘tkazib yubormagan. Buni u ikki bor: 1993/94 va 1998/99 yilgi mavsumlarda uddalagan.
Endilikda David Rayya so‘nggi turda «Kristal Pelas»ga qarshi bahsda maydonga tushib, darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormasa, rekordning mutlaq sohibiga aylanishi mumkin.













