«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiolaning 2025/26 yilgi mavsum yakunida «Manchester Siti» ustozi lavozimini tark etishi mumkinligi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men buni izohlay olmayman. O‘ylaymanki, u qolish yoki ketish borasida bir qarorga kelganidan keyingina biz vaziyatga munosabat bildirishimiz mumkin bo‘ladi», — deya Artetaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.
Avvalroq OAVda Gvardiola «shaharliklar» bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolganda o‘z lavozimini tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.













