24 may – 7 iyun kunlari tennis olamidagi eng nufuzli startlardan biri – “Rolan Garros” turniri bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ushbu musobaqaning saralash bahslari o‘tkazilmoqda.
Mamlakat tennis federasiyasining ma’lum qilishicha, unda o‘zbekistonlik raketka ustalari ham ishtirok etishadi. Jahon tasnif jadvalida 89-pog‘onani egallab turgan Kamila Rahimova turnirning asosiy davrasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan. Mariya Timofeeva (119) hamda Polina Kudermetova (125) esa ishtiroklarini saralash bosqichidan boshlashadi. Bugun tennischilarimiz kvalifikasiyaning ilk davrasida quyidagi raqiblariga qarshi kortga chiqishadi:
Mariya Timofeeva – Breys Kedens (Kanada, 202)
Polina Kudermetova – Anouk Kovermans (Niderlandiya, 158)
Shuningdek, o‘smirlar toifasidagi bahslarda 18-reytingda joylashgan Nikita Belozersev ham qatnashadi.













