Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«MYU» murabbiyi Kerrik Sheshko, Mbeumo va Kunyaning 2025/2026 yilgi mavsumdagi o‘yiniga baho berdi

«MYU» murabbiyi Kerrik Sheshko, Mbeumo va Kunyaning 2025/2026 yilgi mavsumdagi o‘yiniga baho berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa hujumchilari Benyamin Sheshko, Brayan Mbeumo va Mateus Kunyaning joriy mavsumdagi o‘yin darajasi haqida fikr bildirdi.

«Yigitlarning har biri klubdagi ilk mavsumini a’lo darajada o‘tkazdi. Gollar va assistlar borasida ularni maqtashim mumkin. Qiyinchiliklarni yengib o‘tish, moslashish va mavsum davomida kuchayib borish juda muhim. Keyingi mavsum yangi sinovlarga boy bo‘ladi va kamida hozirgi darajani saqlab qolish — ana shunday vazifalardan biri. Men bu futbolchilarning har biridan mamnunman va ishonchim komilki, bundan keyin hammasi yanada yaxshi bo‘ladi», — deya Kerrikning so‘zlarini keltirmoqda mankunianliklar rasmiy sayti.

Joriy klub mavsumidagi statistik ko‘rsatkichlar:

  • Benyamin Sheshko: 32 o‘yinda 12 ta gol va 1 ta golli uzatma.

  • Brayan Mbeumo: 33 o‘yinda 11 ta gol va 3 ta assist.

  • Mateus Kunya: 35 o‘yinda 10 ta gol va 4 ta golli uzatma.

Yangi kelgan hujumchilarning birinchi mavsumdayoq bunday natija ko‘rsatishi Kerrik uchun katta yutuq. Ayniqsa, Sheshkoning samaradorligi jamoaning hujum chizig‘idagi muammolarini ancha kamaytirgan ko‘rinadi. Bu uchlikning keyingi mavsumda yanada jipslashib ketishi «Yunayted» muxlislari uchun umidli yangilik.

Kiritildi: 15:09, 19.05.2026.
O'qildi: 220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик