Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Gvardiola «Manchester Siti»dan ketganidan keyin ta’tilga chiqmoqchi. Uning klub futboliga qaytishi so‘roq ostida

Gvardiola «Manchester Siti»dan ketganidan keyin ta’tilga chiqmoqchi. Uning klub futboliga qaytishi so‘roq ostida

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola joriy mavsum yakunida ingliz klubini tark etgach, futboldan bir yillik tanaffus olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Santi Gonsales Bueno xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ispaniyalik 55 yoshli mutaxassis Angliyadagi o‘n yillik sermahsul va bosimga boy faoliyatdan so‘ng ruhiy va jismoniy jihatdan hordiq chiqarishni maqsad qilgan. Shuningdek, Gvardiolaga yaqin bo‘lgan doiralarning fikricha, Pepning keyinchalik qaysidir klubda murabbiyga aylanishi «haqiqatdan yiroq».

Katta ehtimol bilan, Gvardiola klub futbolidagi faoliyatini butunlay yakunlab, tanaffusdan so‘ng biror bir milliy terma jamoani boshqarishi yoki futbol tizimida boshqa rolni egallashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda va ushbu davr ichida jamoa bilan 20 ta sovrin, jumladan, 6 bor Premyer-liga chempionligi va Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 16:40, 19.05.2026.
O'qildi: 495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик