Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Koul Palmer «Manchester Siti»ga qaytishi mumkin

Koul Palmer «Manchester Siti»ga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer o‘zi tarbiyalangan «Manchester Siti» klubiga qaytishi mumkin.

Mirror nashrining xabariga ko‘ra, agar shu yozda Enso Mareska Xosep Gvardiolaning o‘rniga «shaharliklar» boshqaruvini qo‘lga olsa, u hujumkor yarim himoyachini «Manchester Siti»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qiladi. Palmer allaqachon «Chelsi»da Mareska qo‘l ostida to‘p surishga ulgurgan.

Koul Palmer 2023 yilda «Manchester Siti»dan «Chelsi»ga 47 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «ko‘klar» bilan shartnomasi 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi London klubi safida barcha turnirlarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Palmerning transfer bahosini 110 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:35, 19.05.2026.
O'qildi: 432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик