«Roma» hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Sky Sports tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi «Roma» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etayotganiga qaramay, shu yozda APLga o‘tish fikriga qarshi emas.
Rim klubi hamon argentinalik yulduzni jamoada olib qolishiga ishonmoqda va forvard yangi bitimga imzo chekishini kutyapti. Biroq, Dibala doimo Angliyada to‘p surishni orzu qilgan va agar «Roma» bilan kelishuvga erishilmasa, u shu yozda erkin agentga aylanadi.
Paulo Dibala joriy mavsumda «Roma» safida barcha turnirlarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













