Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Viyeyra Muhammad Salohning «Liverpul» sha’niga aytgan tanqidini qoraladi

Viyeyra Muhammad Salohning «Liverpul» sha’niga aytgan tanqidini qoraladi

Baho:
+ | -

Yaqinda «Liverpul» qanot hujumchisi Muhammad Saloh bayonot bilan chiqib, raqiblar qo‘rqishi uchun o‘z jamoasini hujumkor uslubni qaytarishga chaqirgan edi. O‘tmishning mashhur futbolchisi Patrik Viyeyra misrlik yulduzning ushbu so‘zlariga munosabat bildirdi.

«Liverpul» Salohni o‘tgan yiliyoq qo‘yib yuborishi kerak edi. Uning jamoadan ketishi bir yilga kechikdi. Hozir bunday bayonotlar berishning ayni vaqti emas. Men uning xafa bo‘lganini tushunaman, lekin bu beldan pastga berilgan zarba bo‘ldi va to‘g‘risi, undan hafsalam pir bo‘ldi», — deya ekspertning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Saloh mavsum yakunlanganidan keyin mersisaydliklar lagerini tark etadi. Angliya chempionati tugashiga bir tur qolganda «qizillar» 59 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Kiritildi: 21:49, 19.05.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик