«Atletiko» «Portu»ning hujumkor yarim himoyachisi Villiam Gomesni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
Insayder Fabrisio Romanoning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli braziliyalik vingerning transferi bo‘yicha dastlabki aloqalar o‘rnatilib bo‘lgan. Endilikda yakuniy qaror qabul qilish «ajdaholar» ixtiyorida qolmoqda.
Gomesning «Portu» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Villiam Portugaliya chempionati doirasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.













