Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Chelsi» ustozi: «Tottenxem» bilan o‘yinda eng muhimi natija edi»

«Chelsi» ustozi: «Tottenxem» bilan o‘yinda eng muhimi natija edi»

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarleyn APLning 37-turida «Tottenxem» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Eng muhimi — natija. Menimcha, biz haqiqatan ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Shanba kungi bahsdan so‘ng (Angliya Kubogi finalida «Manchester Siti»dan uchralgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat nazarda tutilmoqda) bizga kuch va shiddat yetishmayotgan edi. Maydonda kurashish va bir jamoa bo‘lib jipslashish kerak edi, menimcha, buni a’lo darajada uddaladik.

Biz hamma narsani oldindan rejalashtira olmadik, chunki vaziyat juda tez o‘zgarib ketdi. Shanba kungi o‘yin his-tuyg‘ularga boy bo‘ldi, chunki biz oxirigacha o‘yinda qolgandik. Yakshanba kuni dam olishimiz, keyin esa jon saqlab qolish uchun kurashayotgan «Tottenxem»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun bor-yo‘g‘i bir kunimiz bor edi. Kurashda, matonat va qat’iyatda ularga munosib qarshilik ko‘rsatishimiz kerak edi.

Ba’zida o‘yinda his qilinadigan bosim va shiddat haqida gapirishardi. Kiyinish xonasidagi ba’zi futbolchilar bu shunday bo‘lishini bilishgan, ammo biz his-tuyg‘ularga berilmasligimiz kerak edi», – dedi Makfarleyn.

Kiritildi: 07:56, 20.05.2026.
O'qildi: 128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик