«Tottenxem» APL 37-turida «Chelsi»ga imkoniyatni boy berdi (1:2).
Yakuniy tur oldidan Roberto De Dzerbi shogirdlari 38 ochko bilan 17-o‘rinni egallab turibdi. Xavfli zonada borayotgan «Vest Xem» hisobida esa 36 ochko mavjud.
APLning so‘nggi turida «Tottenxem» o‘z uyida «Everton»ni qabul qiladi, «Vest Xem» esa o‘z maydonida «Lids» bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlar yakshanba kuni, 24 may sanasida bo‘lib o‘tadi.













