Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Borussiya Dortmund» Sanchodan voz kechib, e’tiborini «Arsenal» vunderkindiga qaratdi

«Borussiya Dortmund» Sanchodan voz kechib, e’tiborini «Arsenal» vunderkindiga qaratdi

Baho:
+ | -

Jeydon Sanchoning Dortmundning «Borussiya» klubiga qaytishi amalga oshmaydigan ko‘rinadi. 26 yoshli futbolchi hozirda «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan holda «Aston Villa» sharafini himoya qilmoqda, mavsum yakunlanganidan keyin esa erkin agentga aylanadi. Angliyalik vingerga asosiy da’vogarlardan biri sifatida «Borussiya» ko‘rilayotgan edi, biroq transfer barbod bo‘lmoqda: Sky Sport nashrining xabar berishicha, so‘nggi paytlarda «asalarilar» o‘zlariga juda yaxshi tanish bo‘lgan ushbu futbolchiga nisbatan qiziqishlarini sovitishgan.

Dortmund klubi «Arsenal»ga tegishli bo‘lgan 19 yoshli Itan Nvaneri nomzodiga o‘tishga tayyor. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Jeydon Sanchoning transfer bahosi 20 million yevroni tashkil etadi, xuddi shu saytda Nvanerining bahosi 40 million yevro etib belgilangan. Eslatib o‘tamiz, «kanonirlar»ning ushbu vunderkindini yanvar oyida «Marsel» klubi ijaraga olgan edi.

Kiritildi: 09:27, 20.05.2026.
O'qildi: 290 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик