«Manchester Siti»ning bo‘lajak bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirdi. Italiyalik mutaxassis futbolchilar ta’tilga yoki terma jamoalar ixtiyoriga jo‘nab ketishlaridan oldin, keyingi haftada ular bilan uchrashish niyatida, deb xabar bermoqda jurnalist Djeremi Kross.
Murabbiy futbolchilar bilan mavsum oldi tayyorgarlik rejalarini muhokama qilmoqchi. Shuningdek, Mareska yozda ispaniyalik mutaxassisdan meros bo‘lib qoladigan tarkib haqida batafsil ma’lumot olish uchun Xosep Gvardiola bilan ham shaxsan uchrashishi taxmin qilinmoqda. Gvardiolaning ketishi hozircha rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, nufuzli manbalarning xabariga ko‘ra, hamma narsa allaqachon hal bo‘lgan. Mareska klub bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani oldindan kelishib qo‘ygan.













