Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Gavi «Barselona»ning YECHLdagi muvaffaqiyatsizligi sababini aytdi

Gavi «Barselona»ning YECHLdagi muvaffaqiyatsizligi sababini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» xavbeki Gavi jamoaning Chempionlar Ligasidagi omadsizliklari haqidagi savolga javob berdi. Kataloniya grandi eng nufuzli yevrokubokda 2015 yildan buyon g‘olib chiqa olmayapti. Joriy mavsumdagi musobaqada «ko‘k-anorranglilar» 1/4 finalda Madridning «Atletiko» klubiga imkoniyatni boy berishdi.

«Chempionlar Ligasida ko‘p narsa mayda detallarga bog‘liq va tajriba, o‘z-o‘zidan, juda muhim ahamiyatga ega. Bizning jamoamiz yosh. Misol uchun, men hali atigi 21 yoshdaman, lekin ikki marta La Ligada g‘olib chiqdim. Shunga qaramay, o‘z ustimda ishlashim kerak bo‘lgan jihatlar borligi aniq va jamoadoshlarim haqida ham shunday deyish mumkin — ular ham juda yosh. Biz o‘sishda davom etamiz — bu albatta o‘z natijasini beradi», — dedi Gavi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

30 may kuni Chempionlar Ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va unda «Arsenal» hamda «PSJ» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 12:09, 20.05.2026.
O'qildi: 375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик