«Barselona» futbolchisi Gavi bo‘lajak Chempionlar Ligasi finalida nima uchun «PSJ»ga g‘alaba tilayotganini ochiqladi. Parijliklar bosh sovrin uchun kechadigan hal qiluvchi jangda Londonning «Arsenal» klubi bilan to‘qnash kelishadi. Bahs 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.
«Dembele men uchun xuddi akamdek, buni doim aytaman. Biz juda ko‘p gaplashamiz, u mening yaqin do‘stim. Hozir u ajoyib sport formasida va u yana bir bor Chempionlar Ligasida g‘olib chiqadi deb umid qilaman. Shuningdek, Luis [Enrike] va Fabian [Ruis] uchun ham xursand bo‘laman. «PSJ» tarkibida ispaniyaliklar ko‘p, ammo men aynan Usmonni alohida qo‘llab-quvvatlayman. Uning «Barsa»dan ketishini qabul qilish men uchun og‘ir bo‘lgandi, lekin hozir unda hammasi yaxshi ekanligidan xursandman», – dedi Gavi.
«Barselona» Chempionlar Ligasidagi ishtirokini 1/4 final bosqichida «Atletiko»ga imkoniyatni boy bergan holda yakunlagan edi.













