Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Jon Obi Mikel: «Alonsoning «Chelsi»ga kelganidan juda baxtiyorman»

Jon Obi Mikel: «Alonsoning «Chelsi»ga kelganidan juda baxtiyorman»

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel Xabi Alonsoning «ko‘klar» bosh murabbiyi etib tayinlanishiga munosabat bildirdi.

«Xabi Alonso «Chelsi»ga kelganidan juda ham xursandman va baxtiyorman. Menimcha, u ajoyib murabbiy. U yosh va iqtidorli mutaxassis deb hisoblayman. Uning «Bayer» bilan nimalarga erishganini ko‘rdik — ular Bundesligada birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lmay, «Bavariya»ning gegemonligiga chek qo‘yishdi. U «Bayer» bilan mutlaqo fantastik futbol namoyish etgan holda bunga erisha oldi. Bundan tashqari, u Xosep Gvardiolaning shogirdi hisoblanadi. Uning o‘yin uslubi, uchrashuvda ustunlik qilish, hujumkorlik va yuqori pressingga asoslangan qarashlari — aynan biz ko‘rishni istagan narsadir. Chunki tarkibimizda iqtidorli futbolchilar bor va buni amalga oshirish uchun salohiyatimiz yetarli», — dedi Obi Mikel o‘z podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso «Chelsi» bilan 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U jamoa bilan ish boshlashga 1 iyuldan kirishadi.

Kiritildi: 17:20, 20.05.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик