Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Ilhom Mo‘minjonov: “Sen urmasang, senga urishadi”

Ilhom Mo‘minjonov: “Sen urmasang, senga urishadi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-turi doirasida "Metallurg" klubi “Qo‘qon-1912”ga qarshi bahs olib bordi va imkoniyatni boy berdi (0:2).

O‘yindan keyin “Metallurg” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov jurnalistlar savollariga javob berdi.

“Assalomu alaykum. “Qo‘qon-1912” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o‘yin bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda xavfli vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, golli vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Futbolda sen urmasang senga urishadi degan gap bor. Bugun ham shunday bo‘ldi. Keyin darvozabonimizning qo‘pol xatosidan keyin gol o‘tkazib yubordik. “Qo‘qon-1912”ning tajribali futbolchilari bu xatoni kechirmadi. 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydik, lekin futbolchilarimizga rahmat aytaman. Ular bor kuchlarini berishdi.

Endi PRO-Liga bahslariga tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘yinni tahlil qilib oldinda kutib turgan 3 ta muhim bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz. Kubok bahslarida kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan yigitlarga imkoniyat berdik. Menimcha ular o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatib, asosiy tarkibga ham kirishdi deb o‘ylayman, chunki keyingi turga tayyorgarlik ko‘rish uchun 10 kun vaqtimiz bor”.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:22, 20.05.2026.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик