Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Yevropa ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Yevropa ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» yarim himoyachisi Emiliano Buendiya «Frayburg»ga qarshi kechgan Yevropa ligasi finalining (3:0) eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 29 yoshli argentinalik o‘yinchi maydonda 81 daqiqa harakat qildi va o‘z hisobiga bitta gol hamda bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

«Bu Emiliano tomonidan ko‘rsatilgan yuqori sifatli o‘yin bo‘ldi. U chiziqlar oralig‘ida juda yaxshi harakat qildi, aniq uzatmalarni amalga oshirdi va jamoaning hujumkor o‘yinini boshqarib bordi. U barchasini ajoyib gol va golli uzatma bilan yakunladi», — deya ta’kidladi UYEFA texnik kuzatuvchilari guruhi.

«Aston Villa» o‘z tarixida ilk bor Yevropa ligasida g‘olib chiqdi. Bu ingliz klubi uchun 1982 yildan beri ilk yirik yevrokubok finali edi. O‘shanda jamoa Yevropa chempionlar kubogi va UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 05:47, 21.05.2026.
O'qildi: 367 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик