Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

JCH-2026: Misr terma jamoasi kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi, Saloh ro‘yxatda

JCH-2026: Misr terma jamoasi kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi, Saloh ro‘yxatda

Baho:
+ | -

Misr terma jamoasi ijtimoiy tarmoqlarda 2026 yilgi jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qildi.

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh 27 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatga kiritildi. 33 yoshli misrlik futbolchi 2025/26 yilgi mavsum yakunida son qismidagi muammolar tufayli «Manchester Yunayted» va «Chelsi»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan edi, APLning 37-turida «Aston Villa»ga qarshi bahsda esa maydonda bor-yo‘g‘i 16 daqiqa harakat qildi.

«Jamoaning yakuniy tarkibi Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng e’lon qilinadi», — dedi terma jamoa boshlig‘i Ibrohim Hasan.

Misrliklar payshanba kuni, 28 may kuni «BetBoom O‘rtoqlik uchrashuvi» doirasida Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. O‘yinning aniq vaqti va joyi keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Misr terma jamoasining JCH-2026 uchun to‘liq kengaytirilgan tarkibi quyidagicha ko‘rinishga ega:

Darvozabonlar: Muhammad El-SHenavi, Mustafo Shobeyr (ikkalasi — «Al-Ahli»), El-Mahdi Solimon («Zamalek»), Muhammad Alaa («El-Guna»).

Himoyachilar: Muhammad Hani, Yasir Ibrohim (ikkalasi — «Al-Ahli»), Tarek Alaa (ZED), Rami Rabia («Al-Ayn», BAA), Hamdi Fati («Al-Vakra», Qatar), Hosam Abdelmajid, Ahmad Fattuh (ikkalasi — «Zamalek»), Muhammad Abdelmonem («Nissa», Fransiya), Karim Hafez («Piramids»).

Yarim himoyachilar: Marvan Attia, Ahmad Sayed Zizo, Emam Ashur, Mahmud Trezege (barchasi — «Al-Ahli»), Muhonad Lashin, Nabil Emad Donga, Mahmud Saber, Mustafo Ziko (barchasi — «Piramids»), Ibrohim Adel («Al-Jazira», BAA), Hayssam Hasan («Real Ovyedo», Ispaniya), Muhammad Saloh («Liverpul», Angliya).

Hujumchilar: Omar Marmush («Manchester Siti», Angliya), Aktay Abdallah («Enppi»), Hamza Abdelkarim («Barselona», Ispaniya).

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar uchta mamlakatda: AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Misr «G» guruhida Belgiya (15 iyun), Yangi Zelandiya (22 iyun) va Eron (27 iyun) terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 05:49, 21.05.2026.
O'qildi: 479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик