Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Brunu Fernandesh Roy Kinning tanqidiga javob berdi

Brunu Fernandesh Roy Kinning tanqidiga javob berdi

Baho:
+ | -

«MYU» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Roy Kinning uning APLdagi golli uzatmalar bo‘yicha rekordi borasida bildirgan tanqidiy fikrlariga javob qaytardi.

Bundan avvalroq «MYU» sobiq xavbeki shunday degan edi: ««Nottingem»ga qarshi butun o‘yin faqat mana shu (rekord) atrofida aylandi, bu meni g‘azablantirdi. Bu shunchaki sirk».

Ma’lumot uchun, Brunu APLning joriy mavsumida 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi va liga rekordini takrorladi.

«Men hech qachon buning ortidan quvmaganman. Odamlar men haqimda turlicha fikrda bo‘lishlari mumkinligini bilaman, ammo hech kim meni jamoaga muvaffaqiyat qozonishda yordam berishga harakat qilmayapti, deya olmaydi.

Men doimo shaxsiy mukofotlarni emas, balki jamoaviy kuboklarni qo‘lga kiritishga intilaman», — dedi Brunu.

Kiritildi: 06:13, 21.05.2026.
O'qildi: 427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик