«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa ligasi finalida «Frayburg» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng, jamoaning galdagi vazifalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Keyingi mavsumda biz Chempionlar ligasida o‘ynaymiz — bu katta chaqiruv. APL — dunyodagi eng qiyin liga. Kuchli yettilik, beshlik yoki to‘rtlikdan joy olish uchun kurashish juda murakkab. Umid qilamanki, biz «Manchester Siti» va «Arsenal» kabi jamoalarga yaqin bo‘la olamiz. «Kanonirlar»ni qo‘lga kiritilgan titul bilan tabriklayman!
APL biz uchun ulkan sinovdir. Nima uchun? Biz dastlab kuchli yettilikdan joy olishga da’vogar emasdik. U yerda eng kuchli oltita jamoa bor, «Nyukasl» esa yettinchi. Biz esa o‘sha yerga kirishga harakat qilyapmiz. Stabil bo‘lishga intilyapmiz va bunga erishyapmiz ham. Vazifamiz — mana shu darajada saqlanib qolish. O‘sha yerga chiqib olsak, yevrokuboklarga yo‘l olamiz.
Ushbu kubokni qo‘lga kiritib, biz qimmatli tajriba to‘pladik. Bu tajriba futbolchilar uchun juda muhim. Chunki keyingi mavsumda biz sovrinlar uchun kurasha olamiz. O‘tgan mavsumda Angliya kubogi va Chempionlar ligasining yarim final hamda chorak finallarida mag‘lub bo‘lgan edik — bu ham bir tajriba.
Yevropa ligasi finalida men g‘alaba qozonishga ham, mag‘lub bo‘lishga ham tayyor edim. Bu biz uchun katta maktab bo‘ldi. Albatta, g‘alaba qozonish ancha yaxshi», — dedi Unai Emeri.













