«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya Lamin Yamal bilan birga o‘ynashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib berdi. 25 yoshli futbolchi yosh vinger bilan bir qanotda harakat qilish unga juda qulay ekanligini tan oldi.
«Lamin raqib himoyachisi bilan birga-bir vaziyatda qolganida, men deyarli hech qachon oldinga o‘tmayman, chunki uni baribir aldab o‘tishini bilaman. Ammo unga qarshi ikki yoki uch kishi bo‘lib harakat qilishsa, hujumda son jihatdan ustunlikni ta’minlash uchun men ham oldinga qo‘shilishim kerak bo‘ladi. Laminning maydonda qaror qabul qilish qobiliyati — bu shunchaki aql bovar qilmas daraja. U muayyan vaziyatda nima eng to‘g‘ri qaror ekanligini hamisha ko‘ra oladi, shu sababli menga faqat unga moslashish va uning porlashiga ko‘maklashish qoladi, xolos. U mashg‘ulotlarda shunday ishlarni amalga oshiradiki, bunga ishonish qiyin», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltirmoqda Ispaniya OAVlari.
Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal jarohati sababli mavsumning yakuniy qismini o‘tkazib yubormoqda.













