Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Barselona» joriy mavsumda o‘tgan yilgiga qaraganda 31 ta kam gol urdi

«Barselona» joriy mavsumda o‘tgan yilgiga qaraganda 31 ta kam gol urdi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning hujum chizig‘i hali ham dahshatli bo‘lib qolmoqda, biroq Xans-Diter Flik boshqaruvidagi debyut mavsumidagidek emas. «Ko‘k-anorranglilar» o‘tgan mavsumni barcha turnirlarda 174 ta gol bilan yakunlagan edi, joriy mavsumda esa ularning hisobida 143 ta gol mavjud, deya xabar bermoqda Barca Universal nashri.

Kataloniyaliklarning oldinda yana bitta uchrashuvi bor — La Liganing so‘nggi turida jamoa «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi. Ammo o‘tgan yilgi natijaga yaqinlashishning imkoni yo‘qligi kundek ravshan. Flikning o‘zi hujumdagi sermahsullik o‘tgan mavsumga nisbatan pasayganini tan olgan holda, jamoaning himoyadagi o‘sishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, «Barsa» Ispaniya chempionatida ishonchli tarzda g‘olib chiqdi, shuningdek, o‘z sovrinlari kolleksiyasini mamlakat Superkubogi bilan boyitdi.

Kiritildi: 12:46, 21.05.2026.
O'qildi: 184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик