Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Barselona»ning qarori sababli «Inter» Muharemovich transferini to‘xtatdi

«Barselona»ning qarori sababli «Inter» Muharemovich transferini to‘xtatdi

Baho:
+ | -

«Sassuolo» markaziy himoyachisi Tarik Muharemovichning Milanning «Inter» klubiga o‘tishi barbod bo‘lishi mumkin. «Neradzurrilar» bosniyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarda tez ildamlashgan edi, chunki ular «Barselona» jiddiy qiziqish bildirayotgan Alessandro Bastoni o‘rniga zudlik bilan o‘rinbosar topmoqchi edilar.

Biroq, «ko‘k-anorranglilar» italiyalik himoyachi transferidan voz kechishdi, shu sababli Muharemovichning ham «Inter»ga o‘tishini «muzlatib» qo‘yishga to‘g‘ri keldi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.

«Inter» rahbariyati ushbu transferni oxirigacha yetkazadimi yoki yo‘qmi — hozircha noma’lum, ammo endi milanliklar bu masalada aniq shoshilishmaydi. «Sassuolo» yulduzining «Transfermarkt» portalidagi bahosi 20 million yevroni tashkil etadi. 23 yoshli futbolchiga bo‘lgan huquqlarning yarmi «Yuventus» klubiga tegishli hisoblanadi.

Kiritildi: 13:08, 21.05.2026.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик