«Santos» hujumchisi Neymar boldir mushagidan olgan jarohati sababli taxminan 5-10 kunni o‘tkazib yuboradi.
«Neymarda boldir mushagining yengil shikastlanishi kuzatilgan va shish paydo bo‘lgan. Agar tiklanish jarayoni rejadagidek borsa, keyingi haftada uni Braziliya terma jamoasi ixtiyoriga topshiramiz», — dedi «Santos» tibbiyot departamenti koordinatori Rodrigo Zogayb.
Xabar qilinishicha, Neymar 26 may kuni Janubiy Amerika kubogi doirasida «Deportivo Kuenka»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda «Santos» safida maydonga tusha oladi. Shundan so‘ng, futbolchi JCH-2026 ga tayyorgarlik ko‘radigan Braziliya terma jamoasi qarorgohiga yo‘l oladi.













