Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Erik Garsiya Flikning «Barsa»dagi muvaffaqiyat siri nimada ekanligini aytdi

Erik Garsiya Flikning «Barsa»dagi muvaffaqiyat siri nimada ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» futbolchisi Erik Garsiya Xans-Diter Flikning kataloniyaliklar murabbiylik postidagi faoliyatiga baho berdi. U germaniyalik mutaxassis futbolchilar uchun xuddi otadek bo‘lib qolganini ma’lum qildi.

Garsiya Flikning halolligi va rostgo‘yligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Murabbiy o‘z tuyg‘ularini yashirmaydi va futbolchilarga hamma gapni ro‘y-rost aytadi.

«Bu gap avval ham aytilgan, ammo bu haqiqat: Flik biz uchun xuddi otadek. Yaxshi kunda ham, yomon kunda ham u hamisha sodiq va halol. Agar u sizga baqirishi kerak bo‘lsa, buni yuzingizga tik qarab amalga oshiradi va vaziyatni boricha aytadi — bu sizga yoqadimi yoki yo‘qmi, farqi yo‘q. Jamoada bu juda muhim omil va u bunday vaziyatlarni juda yaxshi boshqara oladi», — dedi Garsiya.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina Flik «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirdi. Yangi kelishuv 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:25, 21.05.2026.
O'qildi: 190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик