Braziliya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumkor yarim himoyachisi Rafinya jamoadoshi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
«Lamin shimini ozgina ko‘tarib yurishi kerak. U ko‘chada xuddi shimi yo‘qdek yuradi. Shunga ozgina e’tibor qaratsin», — dedi braziliyalik futbolchi «TNT Sports» nashriga bergan intervyusida jilmayib.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 18 yoshli Yamal 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 16 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Laminning transfer qiymati 200 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.













