«Aston Villa» hujumchisi Temmi Abraxam yevrokuboklarda noyob natijani takrorladi.
Istanbulda bo‘lib o‘tgan finalda ingliz klubi «Frayburg»ni yirik hisobda (3:0) mag‘lub etib, Yevropa Ligasi g‘olibiga aylandi.
Shu tariqa, Abraxam barcha uchta asosiy Yevropa turnirida g‘olib chiqdi: Chempionlar Ligasi («Chelsi» bilan 2020/21 yilgi mavsumda), Konferensiyalar Ligasi («Roma» bilan 2021/22 yilgi mavsumda) va Yevropa Ligasi (2025/26 yilgi mavsumda).
Ungacha bu natijaga faqat «Roma», «Chelsi», «Vest Xem» va boshqa klublarning sobiq himoyachisi, hozirda «Marsel»da to‘p surayotgan Emerson erishgan edi.
«Ko‘klar» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abraxam 2026 yil yanvaridan beri «Aston Villa»da o‘ynab kelmoqda. Bungacha u mazkur klubda «Chelsi»dan ijara asosida to‘p surgan edi.













