Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Robert Sanches Xabi Alonsoning «Chelsi»ga tayinlanishiga munosabat bildirdi

Robert Sanches Xabi Alonsoning «Chelsi»ga tayinlanishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» darvozaboni Robert Sanches ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoning jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida o‘z fikrlarini aytdi. Mutaxassis o‘z ishini 2026 yil 1 iyuldan boshlaydi.

«Men ham boshqa yigitlar qatori juda xursandman. Alonso bilan jamoada barqarorlikka erishamiz. U ajoyib futbol o‘ynatadigan kuchli murabbiy.

To‘g‘risini aytsam, biz hozir bor e’tiborimizni joriy mavsum doirasidagi mashg‘ulotlarga va keyingi o‘yinda yana uch ochko olishga qaratamiz, lekin kelasi mavsumda u bilan birga ishlashni intiqlik bilan kutyapmiz.

Albatta, men u bilan shaxsan tanish emasman, lekin futbol nuqtai nazaridan ko‘rganlarim hamda u va uning shtabi haqida eshitganlarimga asoslanib ayta olamanki, ular ajoyib insonlar va o‘z ishining ustalari. Shunday ekan, biz juda mamnunmiz va keyingi mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutamiz», — deya Sanchesning so‘zlarini keltirmoqda «Chelsi» rasmiy sayti.

Kiritildi: 16:08, 21.05.2026.
O'qildi: 345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик