Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Nagelsmann: «U jamoani yaxshi energiya bilan ta’minlaydi»

Nagelsmann: «U jamoani yaxshi energiya bilan ta’minlaydi»

Baho:
+ | -

Yaqinda «Bavariya» darvozaboni Yonas Urbig 2026 yilgi Jahon chempionatiga Germaniya terma jamoasining to‘rtinchi darvozaboni sifatida borishi ma’lum bo‘ldi. Futbolchi nemislar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazadi va zarurat tug‘ilsa, qaydnomaga kiritiladi.

Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi nega bunday qarorga kelgani haqida jamoa ustozi Yulian Nagelsmann tushuntirish berdi.

«Biz mashg‘ulotlar uchun ixtiyorimizda to‘rtinchi darvozabon bo‘lishini istadik. U «Bavariya»da ham, bizning mashg‘ulotlarimizda ham o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. U jamoani yaxshi energiya bilan ta’minlaydi», — deya murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

Joriy mavsumda 22 yoshli Urbig barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda ishtirok etdi va ularning oltitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 18:02, 21.05.2026.
O'qildi: 478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик