Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Napoli»ning ijaradagi futbolchisi yana jamoaga qaytadi

«Napoli»ning ijaradagi futbolchisi yana jamoaga qaytadi

Baho:
+ | -

Nigeriyalik futbolchi Maykl Folorunsho «Kalyari»dagi bir yillik ijara muddati yakunlanganidan so‘ng «Napoli»ga qaytadi. Sardiniya klubi futbolchini to‘liq sotib olmaslikka qaror qildi, chunki shartnomada ko‘rsatilgan transfer bahosi yarim himoyachining o‘yin sifatiga nisbatan haddan tashqari yuqori deb hisoblandi.

Folorunsho yakuniga yetayotgan mavsum davomida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi — u «Piza» va «Parma» darvozalarini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda Sardiniya klubi Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi va so‘nggi tur oldidan elitada qolish vazifasini muddatidan oldin uddaladi. So‘nggi turda «Kalyari» safarda, «San-Siro» stadionida «Milan»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv yakshanba kuni, 24 mayda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:18, 21.05.2026.
O'qildi: 542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик