A Seriyada so‘nggi tur o‘yinlari hali oldinda bo‘lsa-da, may oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlab bo‘lindi. Bu sovrinni «Inter» hujumchisi Lautaro Martines qo‘lga kiritdi. Bu haqda A Seriya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Italiya chempionatining may oyida bo‘lib o‘tgan uchta uchrashuvida Lautaro Martines o‘z hisobiga bitta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Ma’lumki, «Inter» may oyining boshidayoq muddatidan avval Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
A Seriyaning so‘nggi turida «Inter» safarda «Bolonya» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 23 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. Lautaro Martinesning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.













