Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Xato «Chelsi»dagi moslashish davri va joriy mavsumdagi o‘yini haqida gapirdi

Xato «Chelsi»dagi moslashish davri va joriy mavsumdagi o‘yini haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Chelsi» klubi himoyachisi Yorrel Xato 2025 yilning yozida Niderlandiyaning «Ayaks» klubidan ko‘chib o‘tganidan keyingi jamoaga moslashish (adaptasiya) jarayoni haqida gapirdi.

«Agar dastlabki bir necha oy oson kechdi desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman, chunki unday bo‘lmadi. Bu juda qiyin davr edi, ammo mavsumning ikkinchi yarmida siz mening eng yaxshi tomonlarimni ko‘rdingiz. Men o‘z fazilatlarimni — «Ayaks»da namoyish etgan o‘yinimni ko‘rsata oldim. Men sezilarli darajada o‘sdim, jumladan, o‘zimga bo‘lgan ishonchim ham ortdi, aynan shu sababli hozir maydonga tushyapman», — deya Xatoning so‘zlarini keltiradi «Chelsi» rasmiy sayti.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 20 yoshli Yorrel Xato 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 4 ta o‘yin bor. Angliya Kubogida himoyachi 5 ta bahsda qatnashib, 2 ta gol urdi, Angliya liga Kubogida esa 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:47, 21.05.2026.
O'qildi: 502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик