«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta qo‘lga kiritilgan Angliya chempionlik tituli haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ma’lumki, «kanonirlar» 2004 yildan buyon ilk bor mamlakat chempioniga aylanishdi.
«Bu natijaga erishganimiz — aql bovar qilmas darajadagi ish bo‘ldi. Bu men hayotimda his qilgan eng ajoyib tuyg‘ulardan biridir. Men eng ko‘p faxrlanadigan jihat — bu g‘alabaga qanday tarzda erishganimiz bo‘ldi. Biz nafaqat sportda, balki hayotda ham juda muhim bo‘lgan qadriyatlarni namoyish eta oldik. Premyer-liga kubogini qo‘lga kiritish yoqimli, ammo undan ham yoqimlirog‘i — bundan keyin sodir bo‘lgan bayram quvonchlarini tomosha qilishdir», — dedi Arteta matbuot anjumanida.
2025/2026 yilgi mavsumda «Arsenal» yana ikkita uchrashuv o‘tkazadi — APL doirasida «Kristal Pelas»ga qarshi (24 may) va Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga qarshi (30 may).













