Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Atalanta» Ederson uchun 45 mln yevro olmoqchi

«Atalanta» Ederson uchun 45 mln yevro olmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» «Atalanta» futbolchisi Edersonga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin kunlarda tomonlar braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha yangi muzokaralar o‘tkazishadi. Yarim himoyachi ingliz klubining markaziy chizig‘ini kuchaytirish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan, biroq u mankunianliklar uchun yagona variant emas.

Qayd etilishicha, Edersonning o‘zi transferga tayyor. O‘z navbatida, «Atalanta» futbolchi uchun taxminan 45 million yevro olishni kutmoqda.

26 yoshli yarim himoyachi A Seriyaning ushbu mavsumida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 20:27, 21.05.2026.
O'qildi: 845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик