Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Luis Enrike murabbiylik faoliyatini qaysi yoshda yakunlamoqchi ekanini aytdi

Luis Enrike murabbiylik faoliyatini qaysi yoshda yakunlamoqchi ekanini aytdi

Baho:
+ | -

Luis Enrike murabbiylik faoliyatini qaysi yoshgacha davom ettirishni rejalashtirayotgani haqida fikr bildirdi.

«PSJ» bosh murabbiyidan jurnalistlar ko‘plab mutaxassislar 60 yoki hatto 70 yoshgacha ishlashini eslab, o‘zi qancha vaqt murabbiy bo‘lib qolishini so‘rashdi.

56 yoshli ispaniyalik mutaxassis bu savol haqida o‘zi ham tez-tez o‘ylashini aytdi:

— Bu juda yaxshi savol, chunki men ham bu haqda o‘ylayman. Rafiqamga doim: “Murabbiylar o‘rindig‘idagi qari jahldor insonga aylangim kelmaydi”, deyman. Shunday bo‘lishni istamayman, ammo yillar o‘tgani sari futbolda shunday insonlar ko‘payib borayotganini ko‘ryapman.

Enrike shuningdek, 60 yoshdan keyin faoliyatini yakunlashi mumkinligiga ishora qildi:

— Men hazil tariqasida ukam Felipega: “Men sendan oldinroq pensiyaga chiqishim kerak”, deyman. U mendan bir yosh kichik, hozir 55 yoshda va 61 yoshida pensiyaga chiqmoqchi. Endi o‘zingiz hisoblayvering, — dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Luis Enrikening «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:15, 22.05.2026.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик