Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Markos Lyorente Xulian Alvaresning «Atletiko»dan ketishi ehtimoli haqida gapirdi

Markos Lyorente Xulian Alvaresning «Atletiko»dan ketishi ehtimoli haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi futbolchisi Markos Lyorente jamoadoshi Xulian Alvaresning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

Ma’lumki, argentinalik hujumchiga anchadan beri «Barselona» qiziqish bildirib kelayotgan edi, shuningdek, unga da’vogarlar qatorida Londonning «Arsenal» va Fransiyaning «PSJ» klublari ham tilga olinmoqda.

«Alvares jamoadan ketadimi? Men bilmayman, buni hech birimiz bilmaymiz. Menimcha, uning o‘zi ham buni hali aniq bilmasa kerak. Men uni «Atletiko»da baxtli ekanini ko‘ryapman, ammo balki u ketish haqida o‘ylayotgandir va biz bundan hali bexabardirmiz. Bu bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyat», — dedi Lyorente «El Partidazo de COPE» bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Xulian Alvaresning «matraschilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning «Transfermarkt» portalidagi bahosi 90 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 09:38, 22.05.2026.
O'qildi: 592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик