Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Kontening «Napoli»dan ketishi qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Kontening «Napoli»dan ketishi qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte jamoadagi lavozimini tark etadi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin vaqt ichida tomonlar hech qanday tovon pulisiz (kompensasiyasiz) o‘zaro mehnat shartnomasini bekor qilishadi. Konte shu dam olish kunlari klubdan ketishini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Antonio Konte «Napoli» klubini 2024 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Italiya chempioniga aylandi va mamlakat Superkubogida zafar quchdi. Joriy mavsumda neapolliklar A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi — ular 37 ta uchrashuvda o‘z hisoblariga 73 ochko yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishdi.

So‘nggi turda «Napoli» o‘z maydonida «Udineze»ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv 24 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:35, 22.05.2026.
O'qildi: 512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик