Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Xuan Mata faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda

Xuan Mata faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda

Baho:
+ | -

Avstraliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan ispaniyalik mashhur futbolchi Xuan Mata o‘z kelajagi haqida bosh qotirmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi A-ligada mavsum yakunlanganidan keyin o‘z nihoyasiga yetdi.

«Vestern Sidney Uonderers» klubidagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so‘ng, futbolchi o‘z faoliyatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Joriy mavsumda u maydonda 1684 daqiqa harakat qilib, 5 ta gol urdi va jamoasining yana 13 ta golli hujumida bevosita ishtirok etdi.

«Hozir men uchun eng asosiy savol — bundan keyin ham o‘ynashni xohlaymanmi yoki yo‘q. Futboldan zavq olayotgan paytda faoliyatni tugatish juda qiyin. Ammo ba’zida katta futboldan chiroyli notada ketish uchun eng munosib vaqt aynan shunday payt bo‘ladi», — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda «The Guardian» nashri.

Mata, shuningdek, o‘z shaxsiy sovrinini jamoaviy muvaffaqiyatga bajonidil almashtirgan bo‘lishini ham ta’kidlab o‘tdi. «Melburn Viktori» klubining mavsumdagi ishtiroki pley-off bahsida «Sidney» jamoasidan qabul qilingan mag‘lubiyat bilan yakun topdi.

Kiritildi: 13:24, 22.05.2026.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик