Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Bernardu Silva: «Kelasi mavsumda qayerda o‘ynashimni bilmayman»

Bernardu Silva: «Kelasi mavsumda qayerda o‘ynashimni bilmayman»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva kelajagi borasidagi masalani Jahon chempionati boshlangunga qadar hal qilmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u Canal 11 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ismi Madridning «Atletiko»si va boshqa bir qator klublar bilan bog‘lanayotgan portugaliyalik futbolchi hali yakuniy qarorga kelmaganini, biroq muzokaralar jarayoni uning vakili orqali davom etayotganini tan oldi.

«Nimani xohlayotganim haqida tasavvurga egaman. Agentim bilan gaplashyapman, u esa klublar bilan muloqotda. Kelasi mavsumda qayerda o‘ynashimni bilmayman. Hozir bor e’tiborimni «Siti»ga va xayrlashuv o‘yinimga qaratganman. Qarorni esa mavjud variantlardan kelib chiqib qabul qilaman», — dedi futbolchi.

Silva, shuningdek, yangi klub tanlashda ham sport ambisiyalarini, ham oilaviy sharoitlarni, jumladan, rafiqasi va qizining qulayligini hisobga olishini ta’kidladi.

Kiritildi: 14:26, 22.05.2026.
O'qildi: 351 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик