Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Arbeloa Mourinyo bilan ishlamaydi

Arbeloa Mourinyo bilan ishlamaydi

Baho:
+ | -

Yaqin orada «qaymoqranglilar» boshqaruvini qo‘lga olishi kutilayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo haqida «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘z fikrlarini bildirdi. Avvalroq Arbeloa joriy mavsum yakunlangach, «Real»dan ketishini ma’lum qilgan edi.

«Mourinyoning fantastik shtabi bor, uning atrofida professionallar yig‘ilgan. Agar u kelsa, o‘z odamlari bilan ishlaydi va bu tabiiy hol. Menda u bilan ishlash uchun hech qanday imkoniyat yo‘q», — dedi Arbeloa jurnalistlarga.

Mutaxassis so‘nggi to‘rt oy davomida faqatgina «Real» haqida o‘ylaganini, ammo endi yangi chaqiriqlarga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Kiritildi: 14:44, 22.05.2026.
O'qildi: 778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик