Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Rasman: «Manchester Siti» bosh murabbiy Pep Gvardiolaning ketishini e’lon qildi

Rasman: «Manchester Siti» bosh murabbiy Pep Gvardiolaning ketishini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi bosh murabbiy Pep Gvardiolaning jamoani tark etishini rasman e’lon qildi.

Ispaniyalik mutaxassis Angliya chempionati yakunlanganidan so‘ng iste’foga chiqishga qaror qilgani haqidagi ma’lumotlar dushanba kuni paydo bo‘lgan edi. Xabarlarga ko‘ra, «Siti» boshqaruvida Gvardiolaning o‘rnini Enso Mareska egallaydi.

Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti» klubini boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa jami 20 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. «Shaharliklar» 6 marta Angliya chempioniga aylanishdi, 3 martadan Angliya Kubogi va Superkubogida zafar quchishdi hamda 5 bor Angliya liga Kubogi sohibiga aylanishdi.

Xalqaro maydonda esa «Manchester Siti» Gvardiola boshqaruvida Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bosh sovrinlariga ega chiqdi.

Kiritildi: 16:12, 22.05.2026.
O'qildi: 1274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик