Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Shotlandiya chempioniga aylangan «Seltik» yangi bosh murabbiy izlamoqda

Shotlandiya chempioniga aylangan «Seltik» yangi bosh murabbiy izlamoqda

Baho:
+ | -

Martin O’Nil boshqaruvi ostida Shotlandiya chempionatida g‘olib chiqqaniga qaramay, «Seltik» klubi yangi bosh murabbiy izlash bilan band. Bu haqda «Herald Scotland» nashri xabar bermoqda.

Jamoani boshqarish uchun bosh nomzod sifatida Uels milliy terma jamoasi ustozi Kreyg Bellami ko‘rilmoqda. Uning uchun Angliyaning «Byornli» klubi ham faol kurash olib boryapti. Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubi vakillari allaqachon mutaxassisga yangi taklif bilan chiqishgan.

Shuningdek, boshqa nomzodlar qatorida Roberto Martines va Robbi Kin ismlari ham tilga olinmoqda, biroq hozircha klub yakuniy to‘xtamga kelgani yo‘q. Ertaga, 23 may kuni «Danfermlin»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Shotlandiya Kubogi final uchrashuvi O’Nil uchun «Seltik» boshqaruvidagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 16:17, 22.05.2026.
O'qildi: 724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик