Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Shavkat Mirziyoyev: «Futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi»

Shavkat Mirziyoyev: «Futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari, murabbiylar shtabi hamda soha mutaxassislari bilan tantanali uchrashuv o‘tkazmoqda.

Davlatmiz rahbari uchrashuv avvalida butun xalqimizni va ko‘p millionli futbol muxlislarini yaqinlashib kelayotgan katta futbol bayrami — AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 musobaqasi oldidan samimiy qutladi.

— Biz bu kunlarni butun xalqimiz, futbol ishqibozlari bilan 34 yil kutdik, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Shu ma’noda, futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi. Chunki ular har bir o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rib, yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik ruhi bilan faqat g‘alaba uchun maydonga tushdi. Xalqimizga olam-olam quvonch bag‘ishladi. To‘g‘risini aytsam, mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi. Barcha yurtdoshlarimiz kabi men ham ich-ichimdan quvondim, bayram qildim. Fursatdan foydalanib, maydonda jasorat va mahorat ko‘rsatgan futbolchilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalari, ustoz va murabbiylariga tashakkur izhor etaman.

Prezident o‘z nutqida terma jamoamizning ushbu tarixiy g‘alabasi jamiyatning barcha qatlamlariga, xususan, madaniyat, san’at va tadbirkorlik sohalariga ham ulkan ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini alohida e’tirof etdi:

— Bugungi uchrashuvimizda taniqli shoir, adib va san’atkorlarimiz ham ishtirok etyapti. Ular maydonda jasorat va matonat ko‘rsatgan futbolchilarimiz haqida yangi she’r va asarlar yozmoqda, qo‘shiq va madhiyalar yaratmoqda. Tadbirkorlarimizni aytmaysizmi. Ular ham allaqachon harakatni boshlab yuborgan. Biznes vakillari sizlar orqali milliy brendini dunyoga tanityapti, yangi bozorlarga chiqyapti. Aziz farzandlarim, ko‘ryapsizlarmi? Sizlar nafaqat sport rivojiga hissa qo‘shyapsiz, balki tadbirkorlarimizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib, adabiyot va san’at ahliga yangi ilhom, yangi ruh va qanot beryapsiz. Yoshlarimizga haqiqiy o‘rnak bo‘ldingiz. “Men ham mashhur futbolchi bo‘laman” degan bolajonlarimiz safi ko‘payib bormoqda. Xalqimiz sizlar bilan doim faxrlanadi!

Davlatmiz rahbari mamlakatimizda sportga, xususan, futbolga qaratilayotgan tizimli e’tibor ushbu muvaffaqiyatlarga mustahkam zamin bo‘lganini ta’kidladi. Oxirgi yillarda respublika bo‘ylab 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshlagani, 1,5 mingdan ortiq mahallada sport maydonchalari qurilgani qayd etildi. Poytaxtimizdagi zamonaviy Olimpiya shaharchasi hamda Yuqori Chirchiqdagi “Milliy futbol markazi”, shuningdek, har bir viloyatda professional futbol akademiyalari va maktablari tashkil etilgani bunga yorqin misoldir.

Ushbu islohotlar natijasida mamlakatimizda havaskor futbolchilar soni 5 millionga, futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar 1 million 300 mingdan oshgan bo‘lsa, professional futbolchilar soni 17 ming nafarga yetdi.

— Eng asosiysi, futbolda korrupsiya va tanish-bilishchilik degan illatlarga barham berildi, — deya ta’kidladi Prezident. — Ochiq va shaffof tizim yaratildi. Bu yeng iqtidorli yoshlarni, rostakam iste’dodlarni katta maydonga olib chiqdi. Biz uchun futbol nafaqat professional sport turi, balki yoshlar tarbiyasi, sog‘lom turmush, intizom va vatanparvarlik maktabi bo‘ladi.

Uchrashuvda futbol ommaviyligini yanada oshirish maqsadida yangi yirik tashabbusga start berilishi ma’lum qilindi:

— Endi yurtimizdagi har bir mahallaga futbol nafasi kirib boradi. Har bir bolaga o‘z mahallasida to‘p tepish, musobaqalarda qatnashish, o‘z iste’dodini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Buning uchun “Har bir mahalla – futbol maydoni” dasturi boshlanadi. Bu umummilliy harakatga aylanadi.

Dastur doirasida “Mahalla ligasi” tashkil etilib, 12-17 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mahalla futbol jamoalari tuzilishi belgilandi. Yendilikda har yili havaskor futbolchilar ishtirokida “mahalla – tuman – viloyat – respublika” bosqichidan iborat an’naviy musobaqalar o‘tkaziladi. Ushbu tizim eng yaxshi iqtidorlarni seleksiya qilishda professional klublar uchun tayyor baza vazifasini o‘taydi.

Manba: jch.uza.uz
Kiritildi: 18:44, 22.05.2026.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик