Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Emiliano Martinesning jarohat darajasi ma’lum bo‘ldi

Emiliano Martinesning jarohat darajasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines barmog‘idagi kichik sinish tufayli safdan chiqdi. «Villa» yetakchisi «Frayburg»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobida g‘alaba qozonilgan Yevropa Ligasi finalida aynan shu jarohat bilan o‘ynagan.

Jurnalist Gaston Edulning xabar berishicha, darvozabon davolanish kursini o‘tashi kerak, ammo Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi uning jahon chempionatidagi ilk o‘yingacha sog‘ayib ulgurishiga ishonmoqda. Tiklanish jarayoni taxminan uch haftani talab qiladi.

Argentina terma jamoasi 17 iyun kuni guruh bosqichining 1-turi doirasida Jazoir bilan to‘qnash keladi. Ushbu kvartetda, shuningdek, Avstriya va Iordaniya terma jamoalari ham o‘rin olgan. Eslatib o‘tamiz, Emiliano Martines «albiseleste»ning chempionligi bilan yakunlangan o‘tgan mundialning asosiy qahramonlaridan biri bo‘lgan edi.

Kiritildi: 08:47, 23.05.2026.
O'qildi: 427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик